So'nggi yangiliklar

2024- yilning 1- aprel holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 23,4 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,0 mingtaga kamaygan yoki 8,3 % ga pasaygan. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 9,3 birlikni tashkil qildi.

2024- yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 9203,3 mlrd. so‘mni tashkil qilib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 273,9 %ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, internetdan tibbiy maʻlumotlarni (jarohatlar, kasalliklar, ovqatlanish va boshqalar) qidirish uchun foydalanadigan 10 yosh va undan katta aholining ulushi  17,1 % ni tashkil etdi.