So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, respublikamiz bo'yicha yalpi ichki mahsulot (YAIM) oʻsishiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻi 0,4 f.p., sanoat tarmogʻi – 1,8 f.p., qurilish tarmogʻi – 0,4 f.p. va xizmat koʻrsatish sohasi – 3,4 f.p. ijobiy hissa qoʻshdi

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi – 315,8 mln.AQSH dollarini tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 2 trln. 946,4 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 3,2 ming tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9  barobarga oshgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 3 mln. 642 ming 500 so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2023- yiling mos davriga nisbatan 114,6 %ga yetgan.

2024-yilning 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 3079,9 ming kishini tashkil etib, 2024-yil boshidan 13,8 ming kishiga ko‘paydi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 2 754,7 ming tonnani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 3,1 % ni yoki 287,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 80,2 mln. dona shprislar, ignalar, kateterlar va shu kabi tibbiy asboblar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, respublikamizda yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishi 6,2 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 96,7 % ini tashkil etdi va 6,3 % ga o‘sdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari hajmi 426,9  mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra viloyatimizda jami 17 696 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

2024-yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati sanoatida kiyim ishlab chiqarishning ulushi 11,5 %ga yetib, 358,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 18 ming tonna baliq ovlangan.