So'nggi yangiliklar

2024- yilning 1- may holatiga ko‘ra, viloyatimizda jami 4663 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatyayotgan bo‘lib, shundan 4604 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

2023/2024 o‘quv yili boshiga Namangan viloyatida 63 ta professional ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan, 27 tasini kasb-hunar maktablari, 14 tasini kollejlar hamda 22 tasini texnikumlar tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.