* Kitob narxiga yetkazib berish xarajatlari kiritilgan
 

Nashr qilish davri — sentabr.

Ushbu statistik to‘plam O‘zbekiston Respublikasi aholisining ijtimoiy rivojlanishi va farovonligi oshishini tavsiflovchi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassam qilgan. O‘zbekiston Respublikasi aholisining demografik holati, daromadi va bandligi, ijtimoiy himoyasi, huquqbuzarlik, turar-joy sharoiti va salomatligi holatini tavsiflovchi statistik ma’lumotlar keltirilgan.

Shuningdek, to‘plamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, sanatoriya-kurort muassasalari va dam olish tashkilotlari, ta’lim va madaniyat muassasalari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari tovar va xizmatlar, iste’mol bozori, transport va aloqa to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan.