So'nggi yangiliklar

Yoshlar siyosatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar
Yoshlarga oid yangiliklar

Davlat statistika qo‘mitasi raisi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

NASHR ETILGAN: 01/03/2021

2021- yil 1- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida yosh kadrlarning o‘rni va salohiyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda qo‘mita Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich markaziy apparatda ishlayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda Bahodir Begalov yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritdi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan munzatam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.

Ochiq muloqot yakunida yoshlar tomonidan berilgan savollarga qo‘mita Raisi tomonidan atroflicha javob berildi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora tadbirlari yuzasidan onlayn muloqot tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 18/02/2021

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021- yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi” ning 2- bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh xodimlar uchun “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida videoseminar o'tkazildi.

Seminar davomida hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirishning ahamiyati va istiqbollari, ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirish va chop etishning o'ziga xos xususiyatlari, O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirishda tarmoqlar va hududlarning o'rni haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritildi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan muntazam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.

2020 yil 1-chorak
2020 yil 2-chorak

Kosonsoy tumani statistika bo‘limi boshlig‘i

----
Ish haqi:
Ish haqi shtat jadvali bo'yicha
Qo'shimcha haq:
Ko'zda tutilgan
Stavka:
To`liq bandlik (soat 9:00dan 18:00gacha)
Malakaviy talablar:
- soha yo`nalishi bo`yicha oliy ma`lumotga ega bo`lish;
- Statistika tizimida 3 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim;
- Statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash sohasidagi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, Internet, hisoblash texnikasidan foydalanishni;
- Og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini davlat tilida mukammal ifoda eta olishi, chet tilini bilishi lozim.;
Aholi va qishloq xo`jaligi jarayonlarini ro`yxatga olishni tashkil etish va o`tkazish uchun mutaxassis (vaqtincha 6 oyga)

Vakansiya

Lavozim: Aholi va qishloq xo`jaligi jarayonlarini ro`yxatga olishni tashkil etish va o`tkazish uchun mutaxassis (vaqtincha 6 oyga).

Mutaxassis o`ziga yuklatilgan vazifalarni mas`uliyat bilan hamda samarali bajarishi natijasida, tashkilot tomonidan uni doimiy ishga qabul qilish masalasi ko`rib chiqilishi mumkin.

Tashkilot: O`zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo`mitasining hududiy statistika boshqarmalari (Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari).

Asos: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olish tadbirini o`tkazish to`g`risida” PF-173-son Farmoni asosida

Vazifalar:

- ro`yxatga olish sohasi bo`yicha me`yoriy-huquqiy hujjatlar, tashkiliy chora-tadbirlar va Respublika komissiyasi bayonlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta`minlaydi;

- ro`yxatga olish tadbiri yuzasidan aholi o`rtasida targ`ibot-tashviqot ishlarini tashkil etadi (ko`rsatuv va eshittirishlar tashkil etish, seminarlar o`tkazish va boshqalar) va mazkur malasa yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi;

- tuman va shaharlarda ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonlarida tashkil etiladigan Hududiy komissiyalar va shtablar, shuningdek ro`yxatga olish va hisob uchastkalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va ularning faoliyatini amaliy jihatdan qo`llab-quvvatlaydi;

- hududlarda ro`yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan “Mahalla yettiligi” xodimlari ro`yxatini shakllantirish, yangilab borish va ularni o`qitish ishlarida ishtirok etadi;

- hududiy kadastr organlari tomonidan mahallalarning xaritalarini yangilash, tuman va shaharlarning tashkiliy rejalarini tuzish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;

- hududlarda mas`ullar tomonidan ro`yxatga olish jarayonlarini sifatli o`tkazilishini ta`minlashda ishtirok etadi hamda ro`yxatga olishga oid statistik ko`rsatkichlarni ishonchliligi, haqqoniyligi, to`liqligi va tizimliligini ta`minlaydi.

Talablar va malakalar:

- oliy ma`lumotga ega bo`lish (iqtisodiyot, statistika, demografiya, sotsiologiya, axborot texnologiyalari yo`nalishlari ustuvor hisoblanadi);

- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ishlash tajribasiga ega bo`lishi;

- ro`yxatga olish jarayonlari bo`yicha milliy me`yoriy hujjatlar va yo`riqnomalar bilan ishlay olishi;

- so`rovnoma va hisobot shakllari bilan ishlash ko`nikmasiga ega bo`lishi;

- jamoa bilan ishlash va aholi bilan muloqot qilish ko`nikmasiga ega bo`lishi;

- kompyuter dasturlari (Word, Yexcel) va asosiy axborot tizimlaridan foydalana olishi;

- o`zbek tilini mukammal bilishi shart va rus tilini kundalik ish jarayonida foydalana olishi kerak.

Qo`shimcha afzalliklar:

- statistika yoki ro`yxatga olish sohasiga oid seminar va o`quvlarda qatnashganligi;

- zamonaviy o`quv vositalari (onlayn kurslar, interaktiv dasturlar)dan foydalanish ko`nikmasi;

- axborot xavfsizligi va shaxsiy ma`lumotlarni himoya qilish qoidalarini bilishi.

Ishlash davri: 6 oy - 2025 yil 1 oktyabrdan – 2026 yil 1 aprelga qadar.

Ish haqi: 6 mln so`mdan yuqori.

Faqat saralangan nomzodlar bilan bog`laniladi.

Biz bilan bog'lanish

Manzil:
160133, Namangan sh,
N.Namangoniy ko'chasi, 14-uy.
Hujjatlarni qabul qilish
-
Elektron pochta:
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Murojaat uchun:
(69) 211 72 00 xodimning ichki raqami 5140

 


Namangan viloyat statistika boshqarmasi tizimining “Tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasi” Ko'rish pdf 461 KB

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyat filiali tomonidan suhbat bosqichiga o‘tgan nomzodlar uchun sohaga oid savollar to‘plami 

        Ko'rish pdf 186 KB