So'nggi yangiliklar

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Kosonsoy tumani eksportyorlari tomonidan xorijiy davlatlarga qiymati 61,9 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Pop tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 212,6 mlrd so‘mni takil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 25,2 mlrd so‘mga ko‘paygan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Norin tumanida jami 75 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar- sentyabr oylarida qiymati 269,2 mlrd so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Uychi tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 818,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 6,4 % ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Chortoq tumanining tashqi savdo aylanmasi 46,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 7,2 mln AQSH dollariga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Chust tumani xorijiy davlatlardan qiymati 43,3 mln AQSH dollari miqdorida tovarlar importini amalga oshirgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,5 mln AQSH dollariga ko‘paygan.

Joriy yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda 2023- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 90,3 foizni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida tirik vaznda 147,5 ming tonna go‘sht mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,3 % ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 569 ming 955 tonna donli ekinlar yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 10,4 % ga ko‘paygan.

Joriy yilning 12- noyabr kuni Norin tumanida INI (ist'emol) oylik kuzatuvining oziq-ovqat yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi narx kuzatuvi o‘tkazildi.

Joriy yilning 12-13 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent shahrida MDH mamlakatlari statistika xizmatlari mutaxassislari ishtirokida milliy hisoblar tizimini yuritish bo‘yicha xalqaro anjuman tashkil etilmoqda. Tadbirning maqsadi milliy hisoblarni shakllantirish va makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni tuzish boʻyicha ilgʻor tajribalar almashish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdir.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 3 294 tani tashkil etib, ularning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida savdo faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 359 ming so‘mni tashkil etgan. 

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha 61,7 ming nafar bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 26,7 promilleni tashkil etdi.

2024- yil 12-noyabrdan 18-noyabr kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 51,3 % ga yetib, 494,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi.