So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 17- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga Namangan viloyatida jami 26 745 ta korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan, xususiy korxonalar soni 3 419 tani tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari hajmi 4,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 107 % ga yetgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlari hajmi 136,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 3,6 foizga ko'paygan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 7 trln 965,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 11,6 % ga ko‘paygan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-iyun oylarda Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 7 558 tonna uzum yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,6 % ga ko‘paygan. 

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 3 294 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloayti bo'yicha avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi hajmi 2613,2 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 % ga ko‘paygan.

 2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida 340,4 mlrd so‘mlik rezina va plastmassa buyumlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 78,7 mlrd so‘mga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha ko‘rsatilgan xizmatlari hajmi 408,1 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda norasmiy sektorlar boʻyicha yangi qurilish hisobidan 1463,2 mlrd soʻmlik ishlar bajarildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati eksport tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 43,5 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning shu davriga nisbatan 33,0 mln. AQSH. dollariga ko‘paygan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 95 tonna tvorog va tvorog mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 741 tani tashkil etmoqda.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 11 384,4 mlrd so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 95,1 % ini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati bo‘yicha 300,1 mlrd so‘mlik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarildi.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatining Polsha bilan tashqi savdo aylanmasi 8,0 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.