So'nggi yangiliklar

2024- yilning 1- iyun holatiga Kosonsoy tumanida sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 44 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-may oylarida jami 12,7 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

2024- yilning 1- iyun holatiga Namangan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 58 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-may oylarida jami 171,3 mlrd so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan.

2024- yilning yanvar-may oylarida Chust tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 118,6 mlrd so‘mga yetib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 71,6 %ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-may oylarida Chortoq tumani xorijiy davlatlardan qiymati 21,0 mln. AQSH. dollari miqdorida tovarlar importini amalga oshirgan bo‘lib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 140,5 %ga yetgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 23 403,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,0 % ga o‘sdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 3 530,8 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 2 251 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlari hajmi 248,8 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyul holatiga 42 761 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 133,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 5,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyati bo‘yicha 198,9 mlrd so‘mlik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarildi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 9203,3 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o'sish sur'ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 273,9 %ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, internetdan tibbiy maʼlumotlarni (jarohatlar, kasalliklar, ovqatlanish va boshqalar) qidirish uchun foydalanadigan 10 va undan katta yoshadagi aholi ulushi  19,9 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda 2023- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 88,2 foizni tashkil etdi.

 2024- yilning yanvar-may oylarida Yangiqo‘rg‘on tumanining iqtisodiy holati raqamlarda:

2024-yilning yanvar-may oyida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 582,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 14,5 ming tonna margarin ishlab chiqarilgan.