08/05/2024

Joriy yilning 8- may kuni Namangan viloyati statistikasi boshqarmasi boshlig'ining o‘rinbosari B. Xoliqov Namangan tumanida 4-TJ tanlanma kuzatuvini o‘tkazilish jarayoni bilan tanishdi.

Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushunchalar berildi.