10/05/2024

2024- yilning 1- aprel holatiga Uchqo‘rg‘on tumanida jami 1905 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 1627 tasini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etmoqda. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p korxonalar savdoda 585 ta va sanoatda 261 ta faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2024 yilning yanvar- mart oylarida 87 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.