14/01/2025

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 567,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport hajmi 384,0 mln. AQSH dollari, import hajmi esa 183,2 mln. AQSH dollariga yetdi.

Shuni takidlash lozimki, YEOIIning aʼzo davlatlari (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iz Respublikasi) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi taʼminlangan bo‘lib, yagona bojxona tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan.