24/10/2024

2024- yilning 1- oktabr holatiga Namangan viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 575 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 22 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,8 trln so‘mga ko‘paygan.

Hududlar kesimida bu borada yuqori ulush Namangan shahrida 3,2 trln so‘mni, Chust 795,7 mlrd so‘mni hamda Uychi tumanida 765,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.