24/10/2024

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 47,5 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,3 % ga o‘sdi.

Kichik tadbirkorlikning YAHMdagi ulushi 74,3 % ni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 15 mln 375,1 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 5,0 % ga yuqoridir.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari:
Sanoat - 108,4 %;
Xizmatlar - 112,1 %;
Qurilish - 109,5 %;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi -103,4 % ni tashkil etgan.