2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 204 tani, shundan qo‘shma korxonalar 95 ta va xorijiy korxonalar 109 tani tashkil etgan.
Ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
- Sanoat sohasida – 89 ta
- Savdo sohasida – 51 ta
- Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 16 ta
- Qurilish sohasida – 10 ta
- Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 6 ta
- Axborot va aloqada – 7 ta
- Tashish va saqlash sohasida – 5 ta
- Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 ta
- Boshqa sohalarda – 17 ta




