Joriy yilning 23- oktabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda “Demografiya, mehnat va gender statistikasi ko‘rsatkichlarining shakllanishi” mavzusida navbatdagi vebinar bo‘lib o‘tdi.

Masofaviy tarzda tashkil etilgan mazkur o‘quv-seminarida boshqarmaning Demografiya, mehnat va gender statistikasi bo‘limi xodimlari, shahar tuman statistika bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.

Vebinarda boshqarmaning Demografiya, mehnat va gender statistikasi bo‘limi boshlig‘i N. Yuldashev demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid atamalar, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi hisobi, mehnat resurslari balansini hisoblash uslubiyoti, demografik ko‘rsatkichlarni hisoblash bo‘yicha batafsil so‘z yuritdi.

O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.



