Joriy yilning 25- oktabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi boshlig‘i S.Melixujayev kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tib, joriy yilning 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga o‘tkaziladigan saylov haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berdi.

Shuningdek, boshqarma bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan mazkur saylovni o‘tkazish uchun 75 ta bir mandatli saylov okruglari tuzilganligini, saylov ilk marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkazilishini, bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linishi, parlament qo‘yi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish) va 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanishini, ayollarning soni bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha, shuningdek partiya ro‘yxati asosida siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida 40 foizini tashkil eitishi kerakligini, ya’ni 5 nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi lozimligi, aralash saylov tizimida mamlakat saylovchilarining 50 foizi partiyaviy ro‘yxatlarga, 50 foizi esa bir mandatli okruglarda siyosiy partiya ko‘rsatgan nomzodlarga ovoz berishi, bunda Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati mandatli saylov okruglaridan saylanishi, qolgan 75 nafar deputat siyosiy partiyalarning saylovda olg an ovozlari soniga proporsional tarzda, partiya tomonidan taqdim etilgan nomzodlar ro‘yxati asosida saylanishi haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Seminar davomida bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha qaysi hududdan nechta deputat saylanishligi haqida ham ma’lumot berilidi, unga ko‘ra Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridan 8 nafardan, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Namangan viloyatlaridan 7 nafardan, Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatlaridan 6 nafardan, Navoiy va Jizzax viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlaridan 4 nafardan hamda Sirdaryo viloyatdan 2 nafardan iborat deputatlar, jami 75 nafar deputatlar bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylanishi haqida tushuncha berildi. Bundan tashqari, qolgan 75 nafariga esa ovoz berish orqali saylanishi haqida ham xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi va saylov byulleteni shakli va uni to‘ldirish jarayonlari haqida ham tushunchalar berib o‘tildi.



