Yangiqo‘rg‘on tumani 1926- yil 29- sentabrda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 0,53 ming kv.km tashkil etadi. 2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 240,5 ming kishiga yetib, 2024- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 3,4 ming kishiga ko‘paydi.
Doimiy aholining 50,8 % ini erkaklar, 49,2 % ini ayollar tashkil etadi. 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida tug‘ilganlar soni 4430 kishini, vafot etganlar soni 828 kishini tashkil qilgan.
Shuningdek, yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlarida 918 ta nikohlar va 167 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan.




