18/10/2024

 

Joriy yilning 18- oktabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 04.09.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-953-son Qonuni mazmun-mohiyati haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi  146-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, unga ko‘ra “Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari, tashabbuskor guruhlarning yoki saylov komissiyalarining yoxud referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning a’zolari tomonidan ovoz berishning yashirinligini buzish, saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov (ovoz berish) byulletenlariga yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni bila turib noto‘g‘ri sanash”ga javobgarlik belgilanganligini hamda O‘zbekiston Respublikasining 1994 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi  5110 va 5111-moddalariga ham o‘zgartirish kiritilganligini, xususan, “5110-modda. Saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish tartibini buzish, ya’ni saylov komissiyasi yoki referendum o‘tkazuvchi komissiya a’zosi tomonidan fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi, 5111-modda esa saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish, ya’ni saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari to‘g‘risidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanganligini tushuntirib o‘tildi va endilikda fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida xodimlarga to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

Seminar davomida ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berib oʻtildi.