13/02/2025

Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 3 929 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 1 614 ta;
  • sanoat sohasida – 731 ta;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 348 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 255 ta;
  • qurilish sohasida – 173 ta;
  • tashish va saqlash sohasida – 147 ta;
  • axborot va aloqa sohasida – 114 ta;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 107 ta;
  • boshqa sohalarda – 440 tani tashkil etgan.