2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 13 trln 758,2 mlrd so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil qildi.
Viloyatimiz bo‘yicha ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 42,2 % ga to‘g‘ri kelmoqda.
Yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari o‘sish sur’atini hududlar kesimidagi tahliliga ko‘ra, yuqori o‘sish sur’atlari Norin (106,5 %), Uchqoʻrgʻon (106,2 %), Chortoq (106,0 %) tumanlariga qayd etild.




