13/02/2025

Joriy yilning 13- fevral kuni Namangan shahrida navbatdagi 12 narx (iste’mol) kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuv jarayonida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayev hamda Narxlar statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi H. Abdulhayev tomonidan nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi qiyosiy o‘rganildi va olingan ma’lumotlar planshet qurilmasiga qayd etib borildi.

Kuzatuv davomida dislokatsion nuqtalar holati bilan tanishildi va boshqarma boshlig‘i tomonidan narx registratoriga kerakli tavfsiyalar berildi.