Joriy yilning 24- fevral kuni viloyat statistika boshqarmasi tomonidan Namangan shahridagi Biznes va fan universitetida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda Namangan shahar statistika bo‘limi boshlig'i Sh. Rahimjanov tomonidan statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish metodologiyasi hamda dinamikani statistik oʼrganish usullari va iqtisodiy indekslar bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, Namangan viloyati statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish hamda o'tkazish bo'limi bosh mutahassisi A. Mirzayev aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari haqida tushunchalar berdi.





