Joriy yilning 20- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.02.2025-yildagi “Rasmiy statistikani tayyorlash va tarqatish jarayonlariga autsorsing mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 116-son Qarori mazmun-mohiyati haqida boshqarma xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.

Mazkur qaror bilan rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanganligini va statistika kuzatuvlarini autsorsing shartlari asosida tashkil etish, autsorsing xizmatlariga narx belgilash tartibi, autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi statistika kuzatuvchisini tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi, statistika kuzatuvchisi va buyurtmachining huquq hamda majburiyatlari, autsorsing xizmatini ko‘rsatish monitoringini yuritish tartibi belgilanganligini hamda rasmiy statistikani boshqa tayyorlovchilar bilan birgalikda statistika nashrlarining keng doiradagi foydalanuvchilarga yetkazilishini ta’minlash maqsadida rasmiy statistikani tarqatish jarayonlariga autsorsing mexanizmlarini joriy etgan holda, nashrlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari jalb etilishini yo‘lga qo‘yilishi aytib o‘tildi.

Shunigndek, Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorining ilovasi bilan Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish tartibi to‘g‘risida nizom ham tasdiqlangan bo‘lib, mazkur nizom rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan rasmiy statistika sohasida statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarini autsorsing asosida jalb etish tartibini belgilashligini, Nizomga ko‘ra rasmiy statistikani tayyorlovchilar Statistika dasturi doirasida amalga oshiriladigan statistika kuzatuvlarining, shuningdek, Statistika dasturiga kiritilmagan statistika kuzatuvlarining to‘liq yoki bir qismini autsorsing shartlari asosida amalga oshirishlari mumkinligini, statistika kuzatuvlarini amalga oshirish uchun statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish ishlari rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida mustaqil ravishda aniqlanishi va tashkil etilishini seminar qatnashchilariga tushuntirib o‘tildi.
Nizomga ko‘ra, statistika kuzatuvlarini autsorsing shartlari asosida amalga oshirishni rejalashtirayotgan talabgorlarga nisbatan shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egaligi, shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi, soliq qarzi mavjud emasligi, o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi, insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi to‘g‘risida talablar qo‘yilishi va talabgorning taklifi talablarga mos kelmaganligi to‘g‘risidagi qarorni ushbu qaror qabul qilingan kunda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuborilishi haqida ham ma’lumotlar berildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.



