28/03/2025

 Joriy yilning 28- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan joriy yilning mart oyi davomida yangi qabul qilingan qonun hujjatlari xususida tushunchalar berilib, ushbu oyda O‘zbekiston Respublikasining 8 ta yangi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21 ta Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 15 ta qarori qabul qilinganligi to‘g‘risida xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi. 

 

Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.