04/04/2025

2025- yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi 221,4 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan eksport 90,6, mln AQSH dollarini, import 130,8 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.

Tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

Rossiya Federatsiyasi - 34,0 %;
Xitoy Xalq Respublikasi - 26,4 %;
Turkiya - 5,4 %;
Qozog‘iston - 4,7 %;
Hindiston - 4,5 %;
Qirg‘iz Respublikasi - 3,8 %;
Germaniya - 3,0 % ni tashkil etgan.

Tashqi savdo aylanmasi yuqori bo'lgan hududlar;

🔹 Namangan sh– 87,5 mln $;
🔹 Toʼraqoʼrgʼon– 24,4 mln $;
🔹 Kosonsoy– 23,5 mln $;
🔹 Chust– 17,4 mln $;
🔹 Uychi– 16,8 mln $;
🔹 Pop– 13,3 mln. AQSH dollari.

Ma’lumot o‘rnida, 2025- yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyati jahonning 53 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.