04/04/2025

 Joriy yilning 4- aprel kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 14.02.2025- yildagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-64-son Qarori mazmun-mohiyati haqida boshqarma xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi. 

Ushbu qaror bilan Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar o‘rniga foizsiz ssuda ajratish tizimini joriy etilishini, aholi tomonidan qiziqish bildirilmagan, uzoq davr mobaynida foydalanilmayotgan va samaradorligi past bo‘lgan subsidiyalarni bekor qilish hamda bir-birini takrorlovchi subsidiyalarni birlashtirilishini, mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, kambag‘al oilalarga tadbirkorlik hamda dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun grant va foizsiz ssudalar ajratish tizimini joriy etilishini, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi subsidiyalar ajratilishini tushuntirildi.

Bundan tashqari moliyaviy yordamlar ularni ajratish to‘g‘risidagi arizalarning qayd etilishi ketma-ketligi asosida ko‘rib chiqilishi va “mahalla yettiligi”ning xulosalariga muvofiq taqdim etilishini, I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan, nogironlik nafaqasini olayotgan shaxslar uchun ishsiz deb e’tirof etish talab qilinmagan holda ajratilishini, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar moliyaviy yordamlarni olgandan so‘ng bir oy muddatda soliq idoralaridan tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi zarurligi, tadbirkorlik subyektlariga ssudalar ularning soliqlar va yig‘imlardan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan taqdirda ajratilishini ham seminar ishtirokchilariga tushuntirib o‘tildi.

Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.