03/04/2025

2025- yilning yanvar-fevral oylarida Pop tumanida 242,5 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surʼati 2024- yilning mos davriga nisbatan 112,2 % ni tashkil etdi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda savdoda 59,5 mlrd so‘m, transport xizmatlari 73,1 mlrd so‘m, moliyaviy xizmatlar 22,9 mlrd so‘m, aloqa va axborotlashtirish 20,7 mlrd so‘m, taʼlim sohasidagi xizmatlar 3,6 mlrd so‘m, yashash va ovqatlanish 7,2 mlrd so‘m, sog‘liqni saqlash 4,0 mlrd so‘m va boshqa sohalarda 51,4 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.