2025-yilning yanvar–fevral oylarida viloyatimizda (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 701 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
-
Savdo sohasi – 312 ta;
-
Sanoat sohasi – 102 ta;
-
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasi – 95 ta;
-
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasi – 50 ta;
-
Axborot va aloqa sohasi – 23 ta;
-
Qurilish sohasi – 26 ta;
-
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi – 17 ta;
-
Tashish va saqlash sohasi – 15 ta;
-
Boshqa sohalar – 61 ta.
Mazkur raqamlar tahlilidan ko‘rinib turibdiki, eng ko‘p yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari savdo sohasida ( jami yangi tashkil etilgan subyektlarning 44,5 foizi) qayd etilgan. Bu esa savdo faoliyati viloyatimizda kichik biznesning asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.