08/04/2025

Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Namangan viloyatida jami 24 983 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 20 772 tasi tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

Hududlar kesimida korxonalar va tashkilotlar soni quyidagicha taqsimlangan:

🔹 Namangan shahri – 7 886 ta;
🔹 Chust tumani – 2 127 ta;
🔹 Pop tumani – 1 883 ta;
🔹 Chortoq tumani – 1 587 ta;
🔹 To‘raqo‘rg‘on tumani – 1 574 ta;
🔹 Kosonsoy tumani – 1 482 ta;
🔹 Uychi tumani – 1 466 ta;
🔹 Namangan tumani – 1 459 ta;
🔹 Uchqo‘rg‘on tumani – 1 432 ta;
🔹 Yangiqo‘rg‘on tumani – 1 423 ta;
🔹 Mingbuloq tumani – 1 355 ta;
🔹 Norin tumani – 1 309 ta.

Namangan shahri hududlar ichida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lib, bu viloyat markazining iqtisodiy salohiyati yuqoriligidan dalolat beradi.