23/04/2025

2025- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 5,3 trillion so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 10,8 % ga ko‘paygan.

Shundan, yirik korxonalar hissasiga — 521,9 milliard so‘m, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga — 4 trillion 758,6 milliard so‘m to‘g‘ri kelgan.

Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushga ega bo'lgan hududlar:

🔹Namangan shahri - 43,0 %
🔹Chust tumani - 8,4 %
🔹To'raqo'rg'on tumani - 6,2 %
🔹Pop tumani - 5,8 %

Shuningdek, 2025- yilning yanvar-mart oylarida o'rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1 mln 682,6 ming so'mdan to'g'ri kelgan.