2025- yilning yanvar–mart oylari davomida Yangi Namangan tumanidagi chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 556,5 milliard so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 128,5 % o‘sish qayd etildi. Bu esa hududdagi savdo faoliyatida iqtisodiy o‘sish surʼatlarining yuqoriligini ko‘rsatadi.
Chakana savdo aylanmasi tarkibi quyidagicha shakllangan:
-
Yirik korxonalar hissasi — 88,0 milliard so‘m,
-
Kichik korxonalar va mikrofirmalar tovar aylanmasi — 160,0 milliard so‘m,
-
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan savdo — 212,5 milliard so‘m,
-
Shu jumladan, uyushmagan savdo — 96,0 milliard so‘mni tashkil etgan.
-
Ushbu ko‘rsatkichlar aholi ehtiyojlarini qondirishda tadbirkorlik subyektlari muhim o‘rin tutayotganini va uyushmagan savdo sektori hali ham sezilarli ulushga ega ekanini tasdiqlaydi.
2025- yilning birinchi choragida tumanda o‘rtacha har bir aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 million 342,6 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich aholi turmush darajasi va isteʼmol imkoniyatlarida o‘sish mavjudligini anglatadi.




