2025-yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida jami 260,1 ming kvadrat metr turar joy foydalanishga topshirildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 31,1 ming kv.metrga ko‘paygan.
Hududlar kesimida foydalanishga topshirilgan turar joylar (ming kv.metrda):
Kosonsoy tumani – 32,6
Yangiqo‘rg‘on tumani – 29,7
Chortoq tumani – 28,9
Norin tumani – 24,8
Uchqo‘rg‘on tumani – 24,7
Chust tumani – 23,8
Namangan shahri – 21,3
Namangan tumani – 20,3
Uychi tumani – 17,3
Pop tumani – 13,2
To‘raqo‘rg‘on tumani – 12,9
Mingbuloq tumani – 10,5
Viloyatda foydalanishga topshirilgan barcha turar joylarning 66,3 foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi. Bu esa, qishloq infratuzilmasi va uy-joy sharoitlari yaxshilanib borayotganini ko‘rsatadi.




