29/04/2025

2025-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida 7,4 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

2024-yilning shu davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,2 % ni tashkil etdi, ya’ni sanoat hajmi 9,2 % ga o‘sdi.

2025-yil 1-aprel holatiga viloyatda jami 4031 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Yanvar–mart oylarida 140 ta yangi sanoat korxonasi tashkil etildi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 million 363,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes subyektlarining ulushi 44,6 % ga teng bo‘ldi.