01/05/2025

2025- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 2,6 trln so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 4,0 % ga ko‘paygan. Shuningdek, barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 31,3 ming tonna go‘sht, 128,4 ming tonna sut, 152,4 mln dona tuxum va 1,1  ming tonna baliq ovlangan.