01/05/2025

2025-yilning 1-aprel holatiga viloyatimizda 1 303 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan joriy yilning yanvar-mart oylarida umumiy qiymati 2,5 trillion so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 8,7 % ga o‘sdi, ya'ni qurilish sohasi barqaror rivojlanmoqda.

So‘nggi yillarda qurilish hajmining o‘sishi: (yanvar–mart holatiga)

▫️2021-yil – 1,0 trln so‘m

▫️2022-yil – 1,2 trln so‘m

▫️2023-yil – 1,2 trln so‘m

▫️2024-yil – 2,1 trln so‘m

▫️2025-yil – 2,5 trln so‘m

Ko‘rinib turibdiki, qurilish sohasi izchil rivojlanmoqda, ayniqsa so‘nggi ikki yilda o‘sish sezilarli bo‘ldi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibi:

Yirik qurilish tashkilotlari – 7,5 %

Norasmiy sektor – 38,4 %

Kichik korxona va mikrofirmalar – 54,1 %