07/05/2025

2025-yil yanvar–mart oylarida Namangan viloyatining Pokiston bilan tashqi savdo aylanmasi 5,2 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 3,6 million AQSh dollariga ko‘paygan.

Mazkur davrda Pokistonga amalga oshirilgan eksport hajmi 4,8 million AQSh dollarini, import esa 0,4 million AQSh dollarini tashkil etdi. Demak, tashqi savdoning asosiy qismini eksport egalladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilning dastlabki uch oyida Namangan viloyati 53 dan ortiq davlat bilan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirgan bo‘lib, ularning ichida Pokistonning ulushi umumiy tashqi savdo aylanmasida 1,5 foizni tashkil etdi.