07/05/2025

2025- yil 1- aprel holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 533 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 25 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 508 tani tashkil qildi. Viloyat bo‘yicha 2025- yilning yanvar-mart oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 4,0 trln so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 14,5 % ga ko‘paydi. Kichik biznes subektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 2 992,4 mlrd so‘mni tashkil etib, viloyatdagi jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 74,7 % ni tashkil qildi.