2025- yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 31,3 ming tonna go‘sht yetishtirilgan.
Ushbu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 2,7 % ga o‘sgan.
Mazkur davrda yetishtirilgan goʻshtning umumiy hajmidan 5,7 % i fermer xoʻjaliklari hissasiga, 85,0 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 9,4 % i qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelgan.
Hududlar kesimida yuqori ulush Namangan shahrida 23,0 % ni tashkil etgan.




