08/05/2025

2025- yil 1- aprel holatiga ko‘ra, Davlatobod tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 107 tani tashkil etdi. Ulardan:

  • 1 767 ta — tadbirkorlik subyektlari,

  • 1 732 ta — kichik biznes subyektlari hisoblanadi.

Bu ko‘rsatkichlar tumanda xususiy sektorning o‘sib borayotganini, tadbirkorlik muhitining yana-da yaxshilanganini anglatadi.

Sohalar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:

  • Savdo sohasida — 550 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda;

  • Sanoat sohasida — 449 ta subyekt qayd etilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar–mart oylarida tumanda 82 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. Bu esa, hududda investitsiyaviy muhit va biznesni rivojlantirishga yaratilgan imkoniyatlar samarasi ekanini ko‘rsatadi.

Yangi tashkil etilgan subyektlar tumanda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahsulot va xizmatlar turining kengayishi, iqtisodiy faollikning oshishiga xizmat qiladi.