08/05/2025

2025- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda mahalliylashtirish dasturi doirasida kiritilgan 89 ta loyiha bo‘yicha jami 527,7 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 86,6 mlrd so'mga ko'paygan. Shuningdek, 279 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Joriy yilning yanvar-mart oylarida mazkur dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 16,5 mln AQSH dollari miqdorida eksport qilinishi ta’minlangan.