13/05/2025

Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-may holatiga Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami 742 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida ushbu sohada 49 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etildi. Bu sohadagi faoliyatning izchil kengayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Eng ko‘p sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish korxona va tashkilotlari quyidagi hududlarda joylashgan:

Namangan shahri – 305 ta

Chust tumani – 61 ta

Namangan tumani – 55 ta

Pop tumani – 45 ta

Bu ko‘rsatkichlar sog‘liqni saqlash tizimi va ijtimoiy xizmatlar ko‘lamining hududlar kesimida qanday rivojlanayotganini yaqqol aks ettiradi.