Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida har bir aholi hisobiga o‘rtacha 2 mln 363,9 ming so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 106,9 % ga o‘sgan.
Yillar kesimida o‘sish dinamikasi (yanvar–mart holatiga):
2021-yil – 983,8 ming so‘m
2022-yil – 1 mln 154,5 ming so‘m
2023-yil – 1 mln 473,9 ming so‘m
2024-yil – 1 mln 699,8 ming so‘m
2025-yil – 2 mln 363,9 ming so‘m
So‘nggi 4 yilda 2 baravardan ko‘p o‘sish kuzatilmoqda! Bu sanoat salohiyatining yildan-yilga mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.




