2025-yilning yanvar–mart oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 3 trln 26,4 mlrd so‘mlik yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,2 % ga oshgan bo‘lib, viloyat yalpi hududiy mahsuloti tarkibida 22,3 % ulushni tashkil etdi.




