16/05/2025

 Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025- yilning yanvar–mart oylarida viloyatimiz boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 128,4 ming tonna sut yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar–mart oylariga nisbatan sut yetishtirish hajmining o‘sish sur'ati 103,4 % ga yetganligi kuzatildi.

Shunga mos ravishda sogʻib olingan sutning 6,2 % i fermer xoʻjaliklari, 92,6 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 1,2 % i qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keldi.