22/05/2025

Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyati iqtisodiyotida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ijobiy o‘sish kuzatildi. Quyidagi ko‘rsatkichlar buni yaqqol tasdiqlaydi:

Sanoat ishlab chiqarishi
– Umumiy hajm: 10,2 trillion so‘m
– Fizik hajm indeksi: 109,1 %

Qurilish ishlari
– Umumiy hajm: 3,5 trillion so‘m
– O‘sish sur’ati: 107,9 %

Chakana savdo tovar aylanmasi
– Umumiy hajm: 7,3 trillion so‘m
– O‘sish sur’ati: 109,6 %

Bozor xizmatlari hajmi
– Umumiy hajm: 14,6 trillion so‘m
– O‘sish sur’ati: 109,0 %

Tashqi savdo aylanmasi
– Umumiy hajm: 477,3 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 115,5 %

Eksport
– Hajmi: 198,2 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 116,6 %

Import
– Hajmi: 279,1 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 114,7 %

Korxona va tashkilotlar faoliyati

2025-yil 1-may holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida jami 25 238 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.
Shundan 20 866 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi, bu umumiy tashkilotlarning qariyb 82,7 foizini tashkil etadi.

 Ushbu raqamlar viloyat iqtisodiyotining barqaror o‘sib borayotganidan dalolat beradi va iqtisodiy faoliyatning barcha yo‘nalishlarida faollik kuzatilayotganini ko‘rsatadi.