2025-yilning 1-may holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida jami 1 314 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich hududda qurilish sohasining izchil rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.
Shuningdek, joriy yilning yanvar–aprel oylarida yana 62 ta yangi qurilish korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, bu sohaga bo‘lgan talab va investorlar faolligining ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Hududlar kesimida qurilish korxonalari soni:
-
Namangan shahri – 413 ta
-
Uychi tumani – 127 ta
-
Chust tumani – 119 ta
-
Kosonsoy tumani – 113 ta
-
Chortoq tumani – 93 ta
-
Mingbuloq tumani – 73 ta
-
Uchqo‘rg‘on tumani – 71 ta
-
Yangiqo‘rg‘on tumani – 70 ta
-
Norin tumani – 63 ta
-
To‘raqo‘rg‘on tumani – 58 ta
-
Namangan tumani – 58 ta
-
Pop tumani – 56 ta
Eng ko‘p qurilish korxonalari Namangan shahrida joylashgan bo‘lib, u yerda 413 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu esa umumiy qurilish korxonalarining deyarli 31,4 foizini tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Uychi (127 ta), Chust (119 ta) va Kosonsoy (113 ta) tumanlari bormoqda.




