2025- yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 7,3 trln so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 9,6 % ga ko‘paygan.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 698,3 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,2 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tovar aylanmasi 5 521,8 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,8 %), uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 090,2 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 112,4 %) tashkil etdi.




