2025- yilning yanvar-aprel oyida viloyatimizda amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 3,5 trln so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 494,1 mlrd so‘mga ko‘paygan. Bajarilgan qurilish ishlarining 82,3 % i yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli bo‘lib, iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.




