Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari soni 8 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yili boshiga nisbatan 5 taga oshgan.
Shundan, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni 2 tani tashkil etgan. Bu esa oliy ta’limda xususiy sektorning ham asta-sekin o‘z o‘rnini egallab borayotganini bildiradi.
So‘nggi yillarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari soni:
🔹 2020/2021 o‘quv yili boshiga — 3 ta
🔹 2021/2022 o‘quv yili boshiga — 3 ta
🔹 2022/2023 o‘quv yili boshiga — 6 ta
🔹 2023/2024 o‘quv yili boshiga — 9 ta
🔹 2024/2025 o‘quv yili boshiga — 8 ta
Hududlar kesimida taqsimot (2024/2025 o‘quv yili boshiga):
Namangan shahri — 4 ta
Davlatobod tumani — 2 ta
Yangi Namangan tumani — 1 ta
To‘raqo‘rg‘on tumani — 1 ta




