Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyatida jami 2,6 trillion so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 12,5 foizga o‘sdi.
Bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 18,0 % ni tashkil etdi. Bu esa savdo sohasining xizmatlar bozoridagi yetakchi tarmoqlardan biri ekanini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida savdo xizmatlarining taqsimlanishi quyidagicha:
Namangan shahri – 684,4 mlrd so‘m
To‘raqo‘rg‘on tumani – 159,3 mlrd so‘m
Chust tumani – 149,7 mlrd so‘m
Chortoq tumani – 143,0 mlrd so‘m
Uychi tumani – 132,6 mlrd so‘m
Pop tumani – 130,6 mlrd so‘m
Yangiqo‘rg‘on tumani – 125,6 mlrd so‘m
Namangan tumani – 124,8 mlrd so‘m
Norin tumani – 123,9 mlrd so‘m
Kosonsoy tumani – 114,3 mlrd so‘m
Uchqo‘rg‘on tumani – 112,3 mlrd so‘m
Mingbuloq tumani – 92,3 mlrd so‘m




